AsosiyDunyo

Ginnesning rekordlar kitobi 2014 yilning bosh rekordini e`lon qildi (video)

Ginnesning rekordlar kitobi mualliflari 2014 yilning bosh rekordi deb shisha tiqinlaridan bochka shaklida yasalgan ulkan mozaikani topdi. Bu haqda nashrning rasmiy saytida ma`lum qilingan, deb yozmoqda daryo.uz nashri.

150 kvadrat metr maydonni egallagan kompozisiyani yaratish uchun 285 mingta tiqin va 270 kilogramm elim kerak bo`lgan. Rossiyalik Sergey Sidorov va fransiyalik Elvira Gazizova tomonidan ishlangan mozaika «Ulkan bochka» nomini olgan. 2014 yil yozida Fransiya sohilbo`yi shaharlaridan biridagi an`anaviy vino festivalida namoyish etilgan asarda qadimgi yunon personajlari, Sankt-Peterburg va Bordo tasvirlangan.

Yil rekordi Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnoma orqali aniqlandi. Dastlab oltita finalchi rekord tanlab olingan bo`lsa, keyin ularning orasidan bosh rekord aniqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar