Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha ,Samarqand shahrining Gasparali ko`chasida yashovchi 45 yoshli ayol A.O. norasmiy turmush o`rtog`i 48 yoshli S.M. bilan o`zaro janjallashib, oshxona pichog`i bilan uning o`ng orqa elka qismiga bir marotaba urib, qasddan o`ldirdi.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan (Qasddan odam o`ldirish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ayol qo`lga olingan bo`lib, sud qaroriga ko`ra 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdam mahrum etilishi mumkin.