AsosiyJamiyat

Issiqlik ta`minoti to`lovlarida o`zgarish bo`lishi mumkin

'Issiqlik ta`minoti to`lovlarida o`zgarish bo`lishi mumkin'ning rasmi

Prezidentning «Issiqlik ta`minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta`minoti korxonalarini moliyaviy sog`lomlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Unga ko`ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab markazlashgan issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun iste`molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuni uchun isitilayotgan 1 kvadrat metr hisobidan kelib chiqib to`lash tizimiga o`tkaziladi.

Bundan tashqari, iste`molchilarga issiqlik ta`minoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik ta`minoti korxonalarini rivojlantirish va modernizasiya qilish xarajatlari, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va issiqlik energiyasi tannarxini pasaytirish hisobiga ular tomonidan ko`rsatadigan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish hisobga olinadi.

Shuningdek,  aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suv uchun pasaytirilgan tariflarni qo`llash natijasida kelib chiqadigan zararlar Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan qoplananishi belgilanmoqda.

Boshqa yangiliklar