1

Xususiy tug`ruqxonalarga ruxsat etildi

Jamiyat 10.11.2019, 00:39
Teglar: tug`ruqxona
Xususiy tug`ruqxonalarga ruxsat etildi

Avval xabar berganimizdek, “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko`rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko`lamini yanada kengaytirish to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yana bir muhim imtiyoz joriy etlmoqda.

Ya`ni, endilikda xususiy tibbiyot muassasalari uchun ham tug`ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug`ullanishga ruxsat berildi.  

Bunda, tug`ruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shug`ullanishga faqat Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini ta`minlay oladigan va belgilangan talablarga javob beradigan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.

Qarorga ko`ra, 2020 yil 1 martga qadar sog`liqni saqlash va FHDYo organlari o`rtasida tug`ilish va o`lim to`g`risida elektron ma`lumotlar almashinuvi dasturi takomillashtiriladi.

2020 yil 1 iyuldan boshlab Elektron ma`lumotlar almashinuvi dasturi barcha tug`ruqni qabul qilish muassasalarida yuritilishi majburiy hisoblanadi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1