AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligi muxbir Davlatnazar Ro`zmetovni vafoti yuzasidan tarqalayotgan xabarlarga nuqta qo`ymoqchi

'Ichki ishlar vazirligi muxbir Davlatnazar Ro`zmetovni vafoti yuzasidan tarqalayotgan xabarlarga nuqta qo`ymoqchi'ning rasmi

Xorazmlik faol jurnalist Davlatnazar Ro`zmetov avtohalokatda vafot etgani haqida xabar bergandik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa jurnalistning o`limi uyushtirilgani haqida turli "postlar" qoldirila boshlangandi. Bosh prokuratura esa bu holatga aniqlik kiritgandi
O`zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ham chetda tomoshabin bo`lib turmoqchi emas. Gap shundaki,  Xorazm viloyati “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro`zmetovni yo`l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noo`rin xabarlarga oydinlik kiritish hamda asl holatni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi IIV Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillarini ertaga matbuot anjumaniga taklif etdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi va Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutassadi xodimlari ishtirok etishi ko`zda tutilgan. 
 “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro`zmetovning vafoti bilan bog`liq barchani qiziqtirgan savollarga ertaga saytimiz orqali javob topishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar