Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, faoliyatidagi ayrim kamchiliklari uchun G`uzor tumani hokimi S.Boboqulovga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga asosan, xayfsan berildi.
Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig`i o`zgardi. Viloyat pensiya jamg`armasi boshlig`i vazifasida ishlab kelayotgan Yusupov Fayzulla Yoqubovich viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.






