Abiturientlar uchun foydali ma`lumotlar bazasiga aylangan Xushnudbek.uz 5 ta fandan test sinovlariga oid hozirgacha bo`lgan barcha ma`lumotlarni o`zining telegram kanali a`zolariga yana bir bor eslatdi.
👉 kelgusi yilda 5 ta fandan test bo`lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. Ya`ni bu masala allaqachon hal etilgan, faqat tartibi hozircha rasman tasdiqlanmadi xolos;
👉 Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):
Ona-tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;
O`zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.
Jami to`plash mumkin bo`lgan ball – 94.5 ball.
Ona tili va O`zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
👉 Ta`lim yo`nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo`nalishiga qarab o`zgaradi):
1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.
Jami to`plash mumkin bo`lgan ball – 186 ball.
Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.
👉 ballarni hisoblash tizimida o`zgarish bo`lmaydi, avval qanday bo`lsa, shundayligicha qoladi. Ya`ni har bir blokdan to`plangan ballar qo`shilib, umumiy ballni tashkil etadi va abiturientlar mana shu 5 ta blokdan to`plagan bali bo`yicha o`zaro kurashadi (ilgari uchta blokning umumiy bali olinardi). Eng maksimal ball 280,5 ball bo`ladi;
👉 ayrim yo`nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo`lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo`nalishiga hujjat topshirgan abiturient majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo`ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o`rtacha, qiyin) bo`ladi;
👉 5 ta fandan test bo`lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo`lgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;
👉 3 ta majburiy fan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo`nalishlar uchun, shuningdek magistratura uchun taalluqli emas;
👉 3+2 ko`rinishdagi ushbu tartib bakalavriatning barcha ta`lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo`llanadi;
👉 majburiy blokda ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo`lmaydi;
👉 majburiy blokda O`zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo`lmaydi;
👉 asosiy blokdagi 2 ta fan uchun joriy yilgi test sinovlarida qo`llangan fanlar majmuasining 3,1 hamda 2,1 ball berilgan dastlabki 2 ta fan olinmoqda. Masalan, tibbiyot yo`nalishlari uchun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yo`nalishlari uchun matematika va chet tili. Va h.k;
👉 ammo ming afsuski, hali aynan qaysi yo`nalishda qaysi ikkita fan asosiy blokka kiritilishi haqida aniq ma`lumot yo`q. O`zgarishlar bo`lib qolishi mumkin;
👉 hozircha test savollari tuziladigan darsliklar ro`yxati ham rasman e`lon qilinmadi.