Andijonda xorij texnologiyasi asosida sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda NIA “Turkiston-press” xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan “RubberTrustandEvaProducts” o`zbek-xitoy korxonasi krossovka, keda va boshqa sport oyoq kiyimlarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy qurilmalar o`rnatishni rejalashtirgan. Bu Andijon tumanidagi yoshlar uchun 50ta ish o`rni yaratish imkonini beradi.
Qo`shma korxona 3 yildan buyon mahalliy xomashyodan zamonaviy Xitoy hamda Tayvan uskunalari yordamida 15 xil turdagi oyoq kiyimlar ishlab chiqarmoqda. Korxona ishlab chiqarish uchun ajratgan sarmoyasi 100 ming dollarni tashkil etadi.