AsosiyJamiyat

Qorako`l terilarini yashirincha olib chiqish rejasi chippakka chiqdi

'Qorako`l terilarini yashirincha olib chiqish rejasi chippakka chiqdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijga yo`l olgan poezd vagonlari tarkibi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, mazkur poezd vagonlarining birida tambur yonidagi rakovina tagiga umumiy qiymati 20,3 million so`mlik 29 dona qorako`l terilari yashirilgan holda, noqonuniy olib ketilayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar