1

"O`zbekgeofizika"AJ 2019 yil soha etakchisi deb topildi

Jamiyat 11.11.2019, 15:11
"O`zbekgeofizika"AJ 2019 yil soha etakchisi deb topildi

2019 yilning 7 noyabr kuni Qozog`istonda biznes rahbarlarining 48-uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekneftgaz”AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda milliy reyting natijalariga ko`ra iqtisodiyotning turli sohalarida etakchi deb tan olingan kompaniya rahbarlari va egalari ishtirok etdilar.

O`zbekiston Respublikasi korxonalari orasida "Umumiy nominasiya" bo`yicha birinchi o`rin "O`ZBEKGEOFIZIKA" AJga nasib etdi. Shuningdek, tadbirda "O`ZBEKGEOFIZIKA" AJ boshqaruvi raisi Tashqulov Anvar Jo`raevich "Yil rahbari" unvoni bilan taqdirlandi.

Iqtisodiyotning etakchi rahbarlari bilan tashkil etilgan uchrashuv — muvaffaqiyatli kompaniyalarning rahbarlari bilan tanishish, aloqalar o`rnatish, yangi g`oyalar va tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo`ldi.

"O`ZBEKGEOFIZIKA" AJ Respublikadagi neft-gazli hududlarning chuqur geologik tuzulishini kompleks o`rganish, neft va gazga istiqbolli tuzilmalar va boshqa ob`ektlarni qidirish, aniqlash va burg`ulash uchun tayyorlash, burg`ulangan chuqur quduqlarda maxsus geofizika tadqiqotlari o`tkazishdan iborat. 

Kompleks geofizika tadqiqotlari maxsus usullar: seysmorazvedka, elektr-razvedka, gravimagnitoqidiruv yordamida olib boriladi.

Jamiyat zarur asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, rivojlangan dasturiy-algoritmik ta`minot va yuqori malakali mutaxassislarga ega.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1