AsosiyJamiyat

Ohangaronda maktab binosini qurilishi uchun ajratilgan 114,4 mln. so`m talon-toroj qilindi

'Ohangaronda maktab binosini qurilishi uchun ajratilgan 114,4 mln. so`m talon-toroj qilindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo`limi tomonidan Ohangaron tuman Xalq ta`limi bo`limining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, "O.S.I." MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar tumandagi 27-sonli umumta`lim maktab binosining qurilishi uchun ajratilgan byudjet mablag`laridan 114,4 mln. so`mini amalda bajarilmagan qurilish va montaj ishlarini dalolatnomalarga qo`shib yozish orqali talon-toroj qilinganliklari aniqlangan.  Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati darakchi.uz saytiga ma`lum qildi. 

Mazkur holat yuzasidan "O.S.I" MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

    Boshqa yangiliklar