AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida namunali uy portladi: qurbonlar bor

'Toshkent viloyatida namunali uy portladi: qurbonlar bor'ning rasmi

Toshkent viloyatida joylashgan namunali uylarning birida gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo`ldi.

2019 yilning 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Surum“ mahallasidagi uylarning birida gaz to`planib chaqnashi natijasida portlash sodir bo`ldi. Portlash oqibatida 2 nafar shaxs vafot etgan.

O`zbekiston FVVning ma`lumotlariga ko`ra, portlash namunali uylarning birida sodir bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 4 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Voqea joyida Toshkent shahar yong`in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari ishlashmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar