“Facebook” ijtimoiy tarmog`ida yozilgan murojaat bo`yicha, Sariosiyo – Termiz yo`nalishidagi shaharlararo poezdlarida sayyor chiptachilarning noqonuniy hatti-harakatlar yuzasidan «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ Surxondaryo filiali rahbariyati tegishli xizmatchilar bilan tezkor uchrashuv o`tkazdi.
Mazkur tadbir natijasida, shaharlararo poezdlarning sayyor chiptachilarning yo`l xujjatlari (chiptalar)ni sotish texnologiyasini buzganligi uchun mas`ul xodimlarga O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan intizomiy jazo choralari qo`llanildi.
Masalani yanada batafsil o`rganish maqsadida «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ Surxondaryo filialiga ishchi komissiya yuborildi, deya xabar beradi «O`zbekiston temir yo`llari» Axborot-tahlililiy media markazi.
12.11.2019 09:00
«O`ztemiryo`lyo`lovchi» qoidabuzar sayyor chiptachilarga chora ko`rdi
