AsosiyJamiyat

“O`zekspomarkaz”da O`zbekiston sanoat yarmarkasi bo`lib o`tadi

'“O`zekspomarkaz”da O`zbekiston sanoat yarmarkasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari “O`zekspomarkaz”ning 1-4 pavilonlarida O`zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperasiya birjasi o`tkaziladi.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlarini, shuningdek, istiqbolli loyihalarini namoyish etish maqsadida tashkil etilayotgan mazkur tadbir sanoatchilar o`rtasida kooperasiya aloqalarini o`rnatish va kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

Ko`rgazmada bugungi kunda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlanayotgan mahsulot turlari va xillari, import o`rnini bosish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda korxonalarning talab va ehtiyojlari ham ko`rsatib o`tiladi.

Buning natijasida sanoatning aynan qaysi yo`nalishlarini rivojlantirishga, qanday mahsulot va xom ashyoga ehtiyoj borligini o`rganish imkoniyati ham mavjud bo`ladi.

Sanoat yarmarkasida mahsulotlarga oid tarqatma materiallar, hududlarning ishlab chiqarish salohiyati jamlangan kataloglar taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar