Barchamizga ma`lumki, deputatning asosiy vazifalaridan biri saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko`rib chiqish, ularni hal etish chora-tadbirlarini ko`rishdan, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishdan iborat.
Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotiga molik bo`lgan muhim masalalarni hal etish bo`yicha xalq vakillarining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ular fuqarolarning Shuningdek, hozirgi kunda deputatlar aholi bilan uchrashib, ularni o`ylantirayotgan, qiynayotgan muammolarni o`rganishga va ularni bartaraf etishga alohida ahamiyat qaratishmoqda.
Birgina misol tariqasida oladigan bo`lsak, “Adolat” SDP deputati Mirlaziz Saidov tomonidan Sergeli tumanida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan tumandagi bir qator ta`mirtalab ko`chalar asfalt qilindi, uylarning tom qismi yopildi, yordamga muxtoj bo`lgan fuqarolarni qiynayotgan masalalrga echim topildi.
Xususan, Nilufar 3-tor, Daryobo`yi 4-tor, Mosatryat 13-tor ko`chalarda yo`llar yaroqsiz xolga kelib qolgan edi, deputat tashabbusi bilan ushbu ko`chalarga aholiga qulayliklar yaratish uchun asfalt yotqizildi, yana bir qator ko`chalarda jarayon xali davom etmoqda.
Bundan tashqari Nilufar 3-tor ko`chasidagi ta`mir-talab bozorcha 20 o`rindiqqa mo`ljallangan holda yangi remont holatidan chiqarildi. Tashlandiq xoldagi er ta`mirlanib, bolalar uchun mini fudbol stadioni qurib foydalanishga topshirildi.
Qolaversa, ushbu ko`chadagi 7 ta uyning tom qismi yopildi va fasad qismi diservatsiya qilindi.
Shu o`rinda deputat tomonidan qiynalgan yordamga muhtoj oilalarning muammolari o`rganilib, ularga amaliy yordam tashillashtirildi. Bu kabi faol deputatlar faoliyati fuqarolarning og`irini engil qilibgina qolmay jamiyatimizning ham ko`plab muammolarini hal etmoqda.






