AsosiyJamiyat

Toshkentda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatuvchi elektrobuslar soni 10 taga etkaziladi

'Toshkentda yo`lovchilarga xizmat ko`rsatuvchi elektrobuslar soni 10 taga etkaziladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskani qabul qildi. Uchrashuvda BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi faoliyati va Toshkent shahar hokimligi bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradigan loyihalari borasida fikr almashildi.

O`zaro muloqot davomida Toshkentda yashil transport yo`lagini tashkil qilish, elektr avtobuslar sonini oshirish hamda “Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasidagi hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirish masalasi muhokama etildi. Ma`lum qilinishicha, hozirda Toshkentda sinov tariqasida bitta elektr avtobus harakatlanmoqda. Yaqinda ularning soni o`ntaga etkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, shahrimizda turli sohalar faoliyatini rivojlantirish borasida qator innovasion loyihalar amalga oshirilmoqda. “Aqlli shahar” konsepsiyasi ishlab chiqilgan va uni hayotga joriy etish choralari ko`rilmoqda. BMT Taraqqiyot dasturining vakili bu masalada yurtimiz va shahrimiz uchun mos bo`lgan loyihalarni amalga oshirishda yaqindan ko`mak berishga tayyorligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar