Rishtonda dudburonning nosozligi sabab uyda yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 13.11.2019, 09:57
Teglar: Yong`in, Rishton
Rishtonda dudburonning nosozligi sabab uyda yong`in sodir bo`ldi

Rishton tumanidan yana noxush xabar: tumanning Navbahor MFY Tinchlik ko`chasidagi 86-uyda yong`in sodir bo`ldi, deya xabar qilmoqda vodiy24.uz.
Yong`inga sabab, Yong`in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan isitish pechining dudburoni nosoz ekanligi deb ko`rsatilmoqda. Yaxshiki, yong`inda hech kim jabrlanmagan.


YoXB tomonidan aholi o`rtasida tushuntirish ishlari amalga oshirilishiga qaramay, "o`t balosi"ga guvoh bo`linmoqda.
Ehtiyotsizlik natijasida moddiy zarar, achinarlisi, inson hayotiga xavf soluvchi holatlarning kelib chiqishi barchani hushyorlikka chorlaydi.
– Fuqarolardan shuni iltimos qilamizki, xonadonlarda isitish pechlarini qurishda mutaxassisni jalb qilish, tabiiy gaz, o`tin, ko`mir yoki boshqa yoqilg`i vositalaridan foydalanishda hushyor bo`lishlari, har qanday pechlardan foydanlanmasliklari, eng asosiysi, xavfsizlik qoidalariga amal qilishlarini so`raymiz, – deydi Rishton tuman YoXB katta inspektori Ravshan Mamarizaev.

Sharhlar

Farg`onada IIB xodimi mashina boshqaruvini yo`qotib qarama-qarshi yo`ldagi “Damas”ga borib urildi

30.11.2022, 21:01

Rishton tumanida IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, 28 noyabr kuni soat 09:30 larda Farg`ona...
“O`qish davrimda onam meni deb hech qachon maoshini qo`liga olmagan”. Rishtonlik Dostonbek Siddiqov qanday qilib Vetnamda “Yil o`qituvchisi” bo`lgani haqida

27.10.2022, 10:44

Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog`ida rishtonlik yigitning Vetnamda yil o`qituvchisi bo`lgani haqida xushxabar tarqaldi. Tabiiyki, vatandoshimizni nafaqat tanigan, balki shaxsan tanimagan yuzlab odamlar tabriklashdi, havas qilishdi,...
Buxorodagi qamishzorlarda yong`in sodir bo`ldi, 100dan ortiq qutqaruv xodimlari jalb etilgan

26.08.2022, 08:40

Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi...
Namanganda qo`p qavatli uyda yong`in sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

22.12.2021, 10:59

Bu haqda Namangan FVB Matbuot xizmati xabar berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yilning 18 dekabr kuni soat 02-34da Uchqo`rg`on tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1