AsosiyJamiyat

Shokoladga burkangan “Nexia-R3”

'Shokoladga burkangan “Nexia-R3”'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi “shirin” huquqbuzarlik o`z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati boshlig`i Farhod Karimov xabar berdi.

“Do`stlik-Andijon” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro E.Shboshqaruvidagi“Nexia-R3” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib ko`zdan kechirildi. 

Natijada esa avtotrasport vositasining salon qismi hamda yukxonasi yo`lovchi fuqaro D.Fga tegishli bo`lgan umumiy qiymati qariyb 10 million so`mlik xech qanday sifat sertifikatiga ega bo`lmagan “Ibon Fruity”, “Medunok”hamda “Sladkoe” nomli shokoladlarga burkanganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat bojxona boqsharmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar