O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 noyabrdagi qarori bilan Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining yoshlar, ma`naviyat va ma`rifat masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar B.Shermuhammadov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi milliy qadriyatlar, ma`naviyat va ma`rifatni o`rganish hamda rivojlantirish sho``basi bosh konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.






