AsosiyJamiyat

Innovasion rivojlanish vaziriga 28 yoshli yangi o`rinbosar tayinlandi

'Innovasion rivojlanish vaziriga 28 yoshli yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 noyabrdagi PQ-4517-sonli qarori bilan Olimjon Alijonovich To`ychiev Innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi ma`lum qildi.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O.A. To`ychiev Innovasion rivojlanish vazirligida boshqarma boshlig`i va Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internati direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Olimjon Alijonovich To`ychiev 1991 yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug`ilgan. Toshkent Shahridagi Turin politexnika universitetida 2015 yil mashinasozlik muhandisi mutaxassisligi bo`yicha bakalavr darajasi va 2017 yili Mexatronika yo`nalishi bo`yicha magistrlik darajasiga ega bo`lgan. O.To`ychiev 2016-2017 yillarda Germaniyaning Xoxenxaym universitetida ham tahsil olgan.

Shuningdek, O. To`ychiev 2013 yil ovoz orqali masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, o`zbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratib, fan va texnika sohasida, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar o`rtasida keng ko`lamda ommalashtirish yo`lida qo`shgan hissasi uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

2017 yil Olimjon To`ychiev “Kamolot” YoIH qurultoyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o`rinbosari etib tayinlangan edi.

    Boshqa yangiliklar