AsosiyJamiyat

Surxondaryoga eng ko`p sayyoh Afg`onistondan kirib kelmoqda. Ular nima izlamoqda?

'Surxondaryoga eng ko`p sayyoh Afg`onistondan kirib kelmoqda. Ular nima izlamoqda?'ning rasmi

 

O`tgan 2018 yil 700-800 kishi kelgan bo`lsa, bu yil to`rt mingdan ortiq qabul qilindi. Afg`onlarga, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik qiziq. Ular xotirjamlik izlab kelmoqda, deydi O`zA

Yurtimizda sayyohlik rivojlanmoqda. Buni Surxondaryoga kelayotgan mehmonlar sonidan ham bilsa bo`ladi. Bu yil bizga o`tgan yilgidan ko`ra uch barobar ko`p sayyoh keldi. 

Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar sayyohlik borasida boy tajriba to`plagan. Surxondaryo endi ular safiga qo`shilib bormoqda. Aslida bizda ko`plab tarixiy obidalar mavjud bo`lib, ular endi ta`mirlanib, sayyohlar e`tiboriga havola etilmoqda. Hakim at-Termiziy, Iso at-Termiziy, Sulton ota, Qirq qiz kabilardan tashqari buddizm bilan bog`liq o`ndan ziyod obidalar mavjud. Denov, Termiz, Sho`rchi va Muzrobod tumanlarida ular ko`proq uchraydi. Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa. Qoratepa kabilarni ko`rish uchun Yaponiya, Xitoy va Malayziyadan har yili juda ko`p odamlar kelmoqda.

Bizda turizmni boshqa turlari qatori tanishtiruv turizmi ham rivojlanmoqda. Bu yo`nalishda AQSh, Germaniya, Fransiyadan ko`p kelishadi. Eng ko`pi esa Afg`onistondan keladi. Ularga viza berib ulgurmaymiz. Chunki, yurtimiz ko`pgina davlatlar uchun ochiq bo`lgani bois Afg`onistondan kelish ham juda oson. O`tgan yili 700-800 kishi kelgan bo`lsa, bu yil to`rt mingdan ortiq qabul qilindi. Afg`onlarga, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik qiziq. Ular xotirjamlik izlab keladi. Mehmonxonalarga joylashib, tarixiy obidalarni ko`radi va bog`larda sayr qilib besh, o`n kun qolib ketadi.

 

Boshqa yangiliklar