AsosiyJamiyat

O`zbekistonning aholi zich hududlarida chorvachilik sohasida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi

'O`zbekistonning aholi zich hududlarida chorvachilik sohasida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi'ning rasmi

Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan tajriba asosida yurtimizning aholi zich hududlarida mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida vazifa qo`ydi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar asosida sut-go`sht qayta ishlovchi korxona aholiga kooperasiya asosida 5 boshgacha naslli qoramol etkazib beradi, uni qanday parvarish qilishga o`rgatadi. Korxona naslli qoramolning muntazam veterinariya nazoratini, belgilangan rasion asosida ozuqalanishini hamda undan olinayotgan sutni bozor narxida sotib olinishini ta`minlaydi.

Bu tizimning afzalligi shundaki, aholi qoramolga ega bo`ladi, sutni bozor narxida sotadi, bu bilan qoramol kreditini to`laydi hamda tug`ilgan buzoqlar hisobiga xo`jalik ko`payib boraveradi. Quyonchilikda ham ushbu tajribani joriy etish mumkin.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat ko`mitasi, Xalq banki hamda Mikrokreditbankka viloyat hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Samarqand, Farg`ona, Xorazmda mazkur tizimni yo`lga qo`yish vazifasi yuklandi.

Boshqa yangiliklar