AsosiyJamiyat

O`zbek tili va adabiyoti universitetida «Ona va bola» xonasi ochildi

'O`zbek tili va adabiyoti universitetida  «Ona va bola» xonasi ochildi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetda talaba qizlar uchun «Ona va bola xonasi» hamda «Go`zallik va nafosat» to`garaklari o`z ishini boshladi. Mazkur xona talabalar va yosh bolali professor-o`qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetda talaba qizlar uchun tikuvchilik, pazandachilik  to`garaklari maxsus jihozlangan xonalarda tashkil etilgan, Abro` san`ati va rassomlik  to`garaklari iqtidorli talabalarga o`z quchog`ini ochgan. San`atsevar talabalar uchun Navoiy vorislari” nomli talabalar teatr studiyasi, musiqa to`garaklari faoliyatini boshlagan.

Endilikda universitetda “Ona va bola xonasi” hamda talaba qizlar uchun “Go`zallik va nafosat” to`garaklari o`z ishini boshladi. Mazkur xona talabalar va yosh bolali professor-o`qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etildi.

Universiteti xalqaro OTM maqomini qo`lga kiritish yo`lida jadal odimlamoqda, bugungi kunda universitetning 50 dan ortiq xalqaro hamkorlari mavjud. Har bir talaba o`zining tashqi va ichki dunyosining go`zalligi, dunyoqarashining kengligi bilan xorijlik mehmonlarda iliq taassurot uyg`otishi va o`zbek yoshlarining umumiy qiyofasini belgilab berishi zarur.

    Boshqa yangiliklar