AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

'O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy  investorlar kengashi tuzildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida xorijiy  investorlar kengashi tuzildi. Kengash Prezident huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.

Ilg`or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda Hukumatga mamlakatni investisiyaviy, sanoat-texnologik va innovasion rivojlantirishning eng muhim yo`nalishlari bo`yicha maslahatlar berish, qulay investisiya muhitini shakllantirishda ishtirok etish, shuningdek to`g`ridan-to`g`ri xorijiy  investisiyalarni faol jalb qilishga ko`maklashish kengashning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Kengash tarkibi O`zbekistonda investisiya va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy  kompaniyalar, banklar, investisiyaviy va boshqa tuzilmalar, xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan, Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining rahbarlari va vakillari, shuningdek, boshqa ishtirokchilar orasidan shakllantiriladi.

Kengash yalpi majlislari yilda bir marta, oraliq majlislari – yilda kamida ikki marta o`tkaziladi.

Shuningdek, qaror bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xorijiy  investorlar kengashi to`g`risidagi nizom hamda Kengashning O`zbekiston tomoni tarkibi tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar