AsosiyJamiyat

Farg`onada yarim kechasi xonadon yondi

'Farg`onada yarim kechasi xonadon yondi'ning rasmi

 

Kecha, 13 noyabrdan bugun, 14 noyabrga o`tar kechasi Farg`ona viloyati Toshloq tumani Istiqlol MFY Yuksalish ko`chasida yashovchi fuqaro M.L.ning uyida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi ma`lum qildi

Yong`in-qutqaruv qismiga 02:45da kelib tushgan xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga soat 03:03da etib borgan vaqtda yashash uyi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma`lum bo`lgan (eng yaqin yong`in-qutqaruv qismigacha masofa 17 km). 

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in 03-10 da qurshab olinib, soat 04-10 da to`liq o`chirilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`in oqibatida yashash uyining 120 kv.metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Yong`indan yashash uyining 250 kv.m maydoni saqlab qolingan va alanganing qo`shni uylarga o`tib ketishi oldi olgan.

Yong`inning taxminiy sababi elektr simlarida qisqa tutashuv, deya baholanmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Boshqa yangiliklar