Xabaringiz bor, sal avval O`zXDP o`z a`zosi Maqsuda Vorisovaning sha`nini himoya qilishni so`rab "Milliy tiklanish" partiyasi ustidan prokuraturaga ariza bergani haqida xabar qilgan edik. O`zbekiston siyosiy maydonida kutilmagan holat deya, e`tirof etilayotgan mazkur voqea, shubhasiz, barchani lol qoldirdi. Ayni paytda O`zLiDeP a`zosi, deputat Rasul Kusherbaev darakchi.uz’ga ushbu masala yuzasidan o`z munosabatini bildirdi:
“O`zXDP o`z a`zosi Maqsuda Vorisovaning sha`nini himoya qilishni so`rab "Milliy tiklanish" partiyasi ustidan Yunusobod tumani prokuraturasiga murojaat qiritibdi.
Yaqinda "Milliy tiklanish" partiyasi nashrida Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlari partiyasi etakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday qarindoshligi bor, mazmunida karikatura e`lon qilingandi.
O`zbekiston siyosiy hayotida kamyob xodisa sifatida ko`rilayotgan bunday ish qizg`in tus olmoqda. Buyog`i qiziq bo`ldiyu?!
Ochiqlik, erkin fikr sharoitida har qanday tanqid va fikrlarni tabiiy qabul qilishga o`tishimiz kerak.
Xalq vakillari ommaviy shaxs, ularni ko`pchilik taniydi, fikr bildiradi tanqid qiladi va demokratik jamiyatda bu normal holat.
Faqat atayin qoralash, buyurtma uchun ishlash xolislikka putur etkazishini unutmaslik kerak.
Ayni paytdagi vaziyatni jamiyatimizda uzoq yillar sodir bo`lmagan voqea bo`lganligi uchun xazm qila olmaslik pozisiyasida turilganini kuzatish mumkin. Biroq, agar so`z erkirligi yo`lida davom etsak, bundan buyon bunday voqealar ko`payishi mumkin.
Ko`ramiz, mazkur "kamyoblik" qanday natija bilan yakunlanarkin. Bu ko`pchilik uchun sinov bo`lishi aniq.
Baxslarga esa oxirgi nuqtani sud qo`ygani ma`qul, kutamiz!”