AsosiyJamiyat

Toshkentda yaqin 24 soat ichida 4 ta yong`in bo`ldi

'Toshkentda yaqin 24 soat ichida 4 ta yong`in bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 4 ta yong`in holati qayd etilgan. Bu haqda Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lum qildi. 

Shulardan 2 tasi qurigan o`simlik va chiqindilarni yonishi bilan bog`liq. Yong`inlarda insonlarning halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shulardan e`tiborga molik bo`lgan yong`in, bugun, 15 noyabr tongida soat 04:42da, Yashnobod tumani, S.Azimov 1-tor ko`chasi 16/1-uyda sodir bo`ldi.

Uyning tom qismi 60 kv.m. maydonida yongan. Yong`indan uyning 120 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 04:48da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 05:07da qurshab olinib, soat 05:29da bartaraf etilgan.

Yong`in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo`lgan, deb taxmin qilinmoqda. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi

    Boshqa yangiliklar