Toshkentda 30 yoshli Farruh X. 41 yoshli Vahob X.ni chuv tushirdi, deya ma`lum qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Keltirilishicha, Mirzo-Ulug`bek tumani IIO FMBga Vaxob X. murojaat qilgan.
Farruh X. unga 8.500.000 so`m evaziga oshxona garniturini tayyorlab berishni va`da qilib, oldindan to`lov tariqasida 600 AQSh dollari olgan.
Biroq Farrux o`z va`dasida turmasdan, pullarni shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuboradi.
Ayni paytda, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






