AsosiyJamiyat

Farg`onada “Kamaz” qarama-qarshi yo`ldagi “Neksiya”ga borib urildi. Qurbonlar bor

'Farg`onada “Kamaz” qarama-qarshi yo`ldagi “Neksiya”ga borib urildi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Farg`ona viloyatida yuk mashinasi bilan bog`liq mudhish YTH sodir bo`ldi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, Kecha, 14 noyabr kuni soat 10:00 larda Yu.Meliqo`ziev “Kamaz” rusumli avtomashinasini O`zbekiston tumani, “Yakkatut-O`qchi” yo`nalishi bo`ylab boshqarib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga o`tib ketadi.

Natijada, O.Toxirov boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinaning old qismiga urilib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Ma`lum bo`lishicha, “Nexia” yulovchilari Q.Toxirov (1961 y.t.) va X.Otajonovalar (1960 y.t.) hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Boshqa yangiliklar