AsosiyJamiyat

Talaba ko`zi ojizlar jamiyatiga o`zi yaratgan audiokitoblarni topshirdi

'Talaba ko`zi ojizlar jamiyatiga o`zi yaratgan audiokitoblarni topshirdi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti O`zbek filologiyasi fakulteti II bosqich talabasi Mirali G`iyosov boshchiligidagi studiya O`zbekiston ko`zi ojizlar jamiyatiga audiokitoblar tuhfa etdi. 

Mirali G`iyosov Imkoniyatlari jihatidan alohida guruhda bo`lishiga qaramadan shu kungacha 50 dan ortiq o`zbek va jahon adabiyoti durdona asarlarini ovozlashtirishga muvaffaq bo`ldi.

Jamiyat mutaxassisi Ulug`bek Mamatxonov xayrli va beminnat ishga qo`l urganliklari uchun talabalarga minnatdorlik bildirdi. Bu audiokitoblar butun respublikamizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga etkazilishini qayd etdi.  

    Boshqa yangiliklar