14 noyabr kuni Jizzax viloyati Jizzax viloyati hududidan o`tuvchi “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil yo`lining 956 kilometrida Cobalt avtomobili yonib ketdi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Voqea soat 03:50 atrofida sodir bo`lgan. 25 yoshli M.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinani tirkamasi bilan qayrilib olayotgan 34 yoshli haydovchi A.N.ning boshqaruvidagi “Man TGX L200746001” rusumli yuk mashinasiga kelib urib, yo`l transport hodisasi sodir etgan. YTH vaqtida Cobalt avtomobili yonib ketgan.
Natijada Cobalt avtomashinasi yo`lovchilari 32 yoshli S.Yo. hodisa joyida va voyaga etmagan 3 yoshli A.A. esa Sardoba tuman tibbiyot birlashmasida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Haydovchi M.T. turli tan jarohatlari bilan Paxtakor tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.