“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksionerlik jamiyatining ma`lum qilishicha, Qarshi-220/110/35/6 kV podstansiyasida rejali joriy ta`mirlash ishlarini olib borilishi munosabati bilan Shimoliy-35/6 kV podstansiyasidan ta`minlanadigan Qarshi shahrining Xo`ja xiyol, Karliqbog`od, Beglar, Charmgar, Gulshan, Darvozatutak, Maxsumobod, Samarqand va Quyibog`ot mahallalari hududidagi iste`molchilarning elektr energiyasi ta`minotida 2019 yil 16 noyabr kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha uzilishlar bo`ladi.
“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raydi.






