O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Mening yurtim” (My5), “Sevimli” va “Milliy” telekanallari taqdim etadi: bugun 21.30 da, har uchta telekanalda, jonli efirda bir yarim soatlik qizg`in debatga guvoh bo`lishingiz mumkin.
“Demokratik debat”ning ilk sonida tomoshabinlar ayrim partiya liderlaridan ko`ngli to`lmadi. Jurnalist va blogerlar savollariga berilgan javoblardan qoniqish his qilmadi. Bu safarchi? Siyosiy partiyalar etarlicha tayyorgarlik ko`rdimi? Tok-shouda o`ziga xos texnologik yangiliklar va ijodiy intrigalar qo`llanadi. Bunaqasi hali bo`lmagan! Media Hall bugun «qaynaydi»!
O`tkazib yubormang, bugun 21.30 da, “Mening yurtim” (My5), “Sevimli” va “Milliy” telekanallarida “Demokratik debat” jonli efirda!