AsosiyJamiyat

Talabalarga kechiktirilgan stipendiya to`lab berildi

'Talabalarga kechiktirilgan stipendiya to`lab berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi to`g`risidagi xabar tarqatilgan edi.  

Mazkur holat vazirlik tomonidan tezkor ravishda o`rganib chiqildi. Mazkur universitetda to`lov-shartnoma asosida o`qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar o`z navbatida talabalar tomonidan to`lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog`liq, ekanligi aytilmoqda rasmiy bayonotda.

Ma`lum qilinicha, hozirda barcha tashkiliy masalalar yakuniga etkazildi va to`lov-shartnoma asosida o`qiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya o`tkazib berilgan. Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18 noyabr – dushanba kunidan tarqatilishi ma`lum qilindi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi barcha talabalarni stipendiya tayinlash va to`lash bilan bog`liq muammolar mavjud bo`lgan taqdirda vazirlikka murojaat qilishlarini so`ramoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar