AsosiyJamiyat

Ishsizlik darajasi eng yuqori bo`lgan viloyatlar ro`yxati ma`lum qilindi

'Ishsizlik darajasi eng yuqori bo`lgan viloyatlar ro`yxati ma`lum qilindi'ning rasmi

Joriy yilning sentyabr oyida  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi respublikamizning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so`rovni o`tkazdi. Unda 485 ta fuqarolarni o`zini-o`zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo`jaliklari hamda 26 008 nafar fuqaro qamrab olindi.   

Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 8,9 foizini tashkil etgan. Bu ko`rsatkich 2019 yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirganda, 0,2 foizga (9,1%) pastroq. 2018 yilning mos davriga nisbatan esa ishsizlik darajasi 0,1 foizga pasaygan.

Quyidagi viloyatlarda ishsizlikning eng yuqori darajasi kuzatilgan:

  • Surxondaryo viloyatida (9,3 foiz); 
  • Qashqadaryo (9,2 foiz);
  • Samarqan (9,2 foiz);
  •  Sirdaryo (9,2 foiz);
  • Farg`ona (9,2 foiz).

 

Eng past ko`rsatkich esa Toshkent shahrida(7,5%) kuzatildi.

  Ishga muhtoj bo`lganlarning umumiy soni 1 337,5 ming kishini tashkil etgan. 16-29 yoshgacha bo`lganlar o`rtasida ishsizlik darajasi 14,9 foizni, ayollar o`rtasida ishsizlik darajasi 12,5 foizni ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar