1

Italiyada ajrashgan erkaklar uchun boshpanalar ochilmoqda

Dunyo 17.11.2019, 17:42
Teglar: Italiya, erkaklar
Italiyada ajrashgan erkaklar uchun boshpanalar ochilmoqda

Italiyada ayollari bilan ajrashgan erkaklar boshpanasiz qolmoqda.

Ajrashgan erkaklar uyushmasi ta`kidiga ko`ra, mahalliy hukumat bu muammoga davlat miqyosida katta e`tibor qaratmoqda. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bu mamlakatda er-xotin ajrashadigan bo`lsa, 60% holatlarda umumiy boshpana bolalari bilan yolg`iz qolayotgan ayol nomida qoladi. 94 % holatlarda erkaklar zimmasiga nafaqat o`z farzandlari, balki rafiqasi uchun ham aliment to`lash majburiyati yuklanadi. Toki ayol ajrashgandan so`ng hayot tarzi darajasi pasayganini his qilmasligi lozim.

Italyan erkaklariga bu to`lovlar oyiga o`rtacha 1 000 evroga tushmoqda va ular orasida hatto ishlaydiganlari ham bu mablag`larni to`lashga imkonsiz qolmoqda.

Ayollari tomonidan uydan haydab chiqarilgan italiyalik erkaklar ularga moddiy yordam ko`rsatish nari tursin, hatto o`zi uchun ijaraga boshpana olishga qodir emas. Ularning aksariyati do`stlari va tanishlarinikida yashashga majbur bo`lmoqda. Ayrimlari oqshomlarni shaxsiy avtomobillarida o`tkazishmoqda. Bu singari erkaklar soni yildan-yilga oshmoqda.

Bugun butun mamlakatda ajrashayotgan erkaklar uchun boshpanalar qurilmoqda, boshpanalar volonterlar yoki nasroniylik tashkilotlari tomonidan taqdim etilmoqda. 

Erkaklar uchun bu nafaqat boshpanaga ega bo`lish, balki farzandlar bilan ko`rishish va uning hayotini odatiy tartibga qaytarishga qodir bepul psixolog maslahatini olish uchun imkoniyat demakdir. Ammo bu kabi makonlarda bir yildan ortiq muddat qolish mumkin emas. Shu vaqt ichida erkak doimiy ish va turarjoyga ega bo`la olishi shart.

Bizda esa tamoman boshqacha viziyat. Ya`ni hududlarda oilasida zo`ravonlikka uchragan, eri yoki qaynonalaridan jabr ko`rgan ayollar uchun moslashuv markazlari tashkil qilinmoqda. Ularda qiynalib qolgan ayollar va bolalarga psixolog, tibbiy reabilitolog, huquqshunos va boshqa mutaxassislar yordami ko`rsatiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1