AsosiyJamiyat

Maktablarda bosqichma-bosqich yangi darsliklar, qo`llanmalar va o`qitish uslublari joriy etiladi

'Maktablarda bosqichma-bosqich yangi darsliklar, qo`llanmalar va o`qitish uslublari joriy etiladi'ning rasmi

Yangi milliy ta`lim standartlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda XTV matbuot xizmati ma`lum qildi.

Hozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi yangi milliy ta`lim standartlarini ishlab chiqmoqda. Milliy ta`lim standartlari asosida darslik va o`quv qo`llanmalar, o`qitish uslublari hamda baholash tizimi yaratiladi. Mazkur jarayonga mahalliy va xorijlik ekspertlar jalb etilgan.

Umumiy o`rta ta`lim standartlari loyihalari yil yakuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo`yilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar har bir fan va sinf uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqish hamda 2020 yil o`quv materiallarini tayyorlashdan iborat bo`ladi.

Yangi standartlar asosida ishlab chiqilgan o`quv rejalari va dasturlari maktablarda 2021-2022 yillarda aprobasiyadan o`tadi va kelasi besh yilda bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

Boshqa yangiliklar