Qorako`l tumanida yashovchi fuqaro E.U tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 10 noyabr kuni soat 17:00 dan soat 21:00 ga qadar vaqt oralig`ida noma`lum shaxs uyida hech kim bo`lmagan vaqtda yotoqxonasidagi temir seyfdan jami 15.000.000 so`m naqd pullari o`g`irlab ketganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni bir muddat ilgari shu xonadonda uy ishlarini qilib yurgan, temir sandiq va uning kaliti qaerda turishidan xabardor bo`lgan, Darg`ali mahallasida yashovchi, jabrlanuvchining hamqishlog`i 1988 yilda tug`ilgan X.J sodir qilganligi aniqlandi.
Jinoyatchi 15 millionning yarmidan ortig`ini sarflab ulgurgan va qolgan 7.000.000 so`m pullar ashyoviy dalil siftida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan X.J.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.






