1

Buxoroda 4 tonna bug`doy nega yoqib yuborildi?

Jinoyat 18.11.2019, 15:38
Buxoroda 4 tonna bug`doy nega yoqib yuborildi?

Ma`lum bo`lishicha, Buxoro viloyati Peshko` tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “Richland” korxonasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasidan 3660 kilogramm bug`doy urug`ligi “O`simliklar karantini” to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan holda, ya`ni eksportyor davlat fitosanitar sertifikati va import karantin ruxsatnomasisiz Peshko` tumaniga olib kelingan. Bu haqda Buxoro viloyati O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi xabar bermoqda. 

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Inspeksiyaning mas`ul xodimlari, viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Buxoro tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti inspektorlari, “Richland” korxonasi vakillari ishtirokida ushbu bug`doy urug`liklari “Toza hudud” DUKka qarashli chiqindi yig`ish maydonida yoqib, ko`mib tashlandi.

Ta`kidlash lozim, mamlakatimizda “Karantin ostidagi mahsulotni olib qo`yish, qaytarib yuborish va yo`q qilish tartibi to`g`risida”gi Nizom mavjud bo`lib, unga ko`ra, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga jiddiy xavf tug`dirishi mumkin bo`lgan, aniq sifat sertifikati mavjud bo`lmagan har qanday mahsulotning kirib kelishiga yo`l qo`yilmaydi. Shu jihatdan olib qaraganda, mazkur holat joriy yil boshidan buyon takrorlanayotgan ikkinchi qonunbuzilishi hisoblanadi. Eslatib o`tamiz, joriy yil boshida Buxoro viloyati O`simliklar karantini inspeksiyasi mutaxassislari belgilangan talablarga javob bermagan 1000 kilogramm chigit va 300 kilogramm soya urug`ini o`rnatilgan tartibda yo`q qilgan edilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1