UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo`llay boshlaganini ma`lum qiladi. Yangi ranglar avtomobillarning barcha modellari joriy qilingan bo`lib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan.
Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to`q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to`q ko`k) ranglarning o`rniga joriy qilinmoqda.
Avvalroq 2019 yilning iyul oyida o`tkazilgan press-tur doirasida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinishi xabar berilgandi. Yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019 yil oxirida etkazib berila boshlanadi. Maxsus ranglardagi avtomobillarga dilerlar tomonidan buyurtmalar qabul qilinishi boshlangan.
Kompaniyaning ma`lum qilishicha, yaqin kunlarda xaridorlar uchun yana bir yangilik hozirlanmoqda.






