AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik murabbiy shogirdini zo`rlaganlikda ayblanmoqda

'O`zbekistonlik murabbiy shogirdini zo`rlaganlikda ayblanmoqda'ning rasmi

 

Rossiyaning Leningrad viloyati Viborg tumanda sharq yakkakurashlari bo`yicha murabbiy o`zining voyaga etmagan tarbiyalanuvchisiga nisbatan jinsiy zo`ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda fontanka.ru'ga tayanib ma`lum qilinmoqda.

Xabarga ko`ra murabbiy 48 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lib, mahalliy sport klubida ishlagan.

16 yoshli qizinng otasi polisiyaga murojaat qilgan. 13 noyabr kuni holat bo`yicha voyaga etmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo`rlik moddasi asosida jinoiy ish qo`zg`atilgan. Qiz tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, murabbiy 2018 yilda sport klubining binosida uni zo`rlagan.

Gumonlanuvchi Rossiyaga 2018 yilda borgan. Erkak ikki sutkaga qamoqqa olingan. Yaqin vaqt ichida unga nisbatan qo`llaniladigan ehtiyot chorasi bo`yicha qaror qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar