Ukraina MDH iqtisodiy tashkilotlari o`rtasidagi hisob-kitoblarni yaxshilash to`g`risidagi kelishuvdan chiqdi. Tegishli farmonni 18 noyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy imzolagan. Bu haqda regnum.ru'ga tayanib xabar berilgan.
«Ukraina Konstitusiyasining 106-moddasiga binoan, men 1992 yil 15 mayda Toshkentda qabul qilingan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlarning ishbilarmonlik tashkilotlari o`rtasidagi o`zaro hisob-kitoblarni yaxshiroq ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi bitimdan voz kechishga qaror qilaman», – dedi Prezident matbuot xizmati hujjat matnidan iqtibos keltirgan holda.
Eslatib o`tamiz, Ukraina MDH doirasidagi bir qator kelishuvlardan, shu jumladan davlatlararo iqtisodiy ma`lumot almashish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida hamkorlik, qurol-yarog` va harbiy texnikalarni standartlashtirish to`g`risidagi kelishuvdan va boshqalardan chiqib ketdi.
Shu bilan bir qatorda, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ham «Rossiya bilan huquqiy bazani inventarizasiya qilish» bo`yicha keng ko`lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Tegishli buyruq mamlakatning avvalgi prezidenti Petro Poroshenko tomonidan berilgan.