1

Avtomobil olib beraman deb 61 nafar fuqaroning pulini “egan” “lizingchilar” aniqlandi

Jinoyat 19.11.2019, 10:59
Avtomobil olib beraman deb 61 nafar fuqaroning pulini “egan” “lizingchilar” aniqlandi

O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni kredit va lizing shartnomalari asosida olib berish haqida fuqarolarni aldagan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.U.G.” MChJta`sischisi Sh.O. va rahbari I.F.lar oldindan biriktirib, 61 nafar fuqarolarning 1,2 mlrd. so`m pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Tekshiruvda Sh.O. va I.F.lar faoliyati davomida, Sh.O.ning turmush o`rtog`ining nomiga “Lasetti”, “Cobalt”, “Nexia-3”, “Spark” va “Damas” rusumli jami 13 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo`l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari fosh etilgan. 

Mazkur holat yuzasidan, “A.U.G.” MChJ ta`sischisi Sh.O. va rahbari I.F.larga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1