AsosiyJamiyat

"O`zavtosanoat" mahsulotlari Sanoat yarmarkasi va kooperasion birjada qatnashdi.

'"O`zavtosanoat" mahsulotlari Sanoat yarmarkasi va kooperasion birjada qatnashdi.'ning rasmi

"O`zavtosanoat" kompaniyasi "O`zekspomarkaz"da ochilgan Sanoat yarmarkasi va kooperasion birjada qatnashdi.

Ko`rgazmada UzAuto Motors avtomobillari modellar qatori, UzAuto Trailerda ishlab chiqarilgan osma, tirkama texnika, KAMAZ yuk mashinalari, "JV MAN Auto-Uzbekistan" kompaniyasi va Samarqand avtomobil zavodi texnikasi taqdim etildi.

Bundan tashqari, ko`rgazma pavilonlarida tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan butlovchi detallar va xalq iste`moli tovarlari namoyish etilgan.

Yarmarka doirasida ishtirokchilar bir-birlarining imkoniyatlari, takliflari va ehtiyojlari bilan tanishish, hamkorlik masalalari bo`yicha muzokaralar o`tkazish, shuningdek savdo kontraktlari va sheriklik kelishuvlari imzolashlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar