1

O`zbekistonlik jihodchi 9 yilga qamaldi

Jinoyat 19.11.2019, 12:09
O`zbekistonlik jihodchi 9 yilga qamaldi

O`zbekiston Oliy sudi 33 yoshli andijonlik B.M.ni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Ma`lum qilinishicha, fuqaro Moskva viloyatining Serpuxov rayoniga ishlash uchun borgan.  2011 yilning dekabr oyiga qadar farg`onalik A. va andijonlik U. ismli shaxslar bilan birgalikda qurilish ishlarida ishlaydi.

Ikki shaxs “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkilotining “Moskva jamoati” a`zolari bo`lgan va ular asta-sekin B.ni “hijrat”, “jihod” qilishga da`vat etishgan. Natijada B. ularga ergashib, “Jihodchilar” oqimining “Moskva jamoati” a`zosiga aylanadi.

2011 yil dekabr oyida esa u Pokistonning Mir-Ali shahriga borib, “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotiga qo`shiladi.

Dastlab u jangarilar tayyorlash lagerida qurol-yarog` hamda portlovchi qurilmalar bilan ishlash usullarini o`rganadi. So`ngra 2012-2013 yillar davomida “Nosir” taxallusi ostida Pokiston hukumati qo`shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etadi. “Turkiston islom harakati” tashkiloti Pokiston qurolli kuchlarining jiddiy qarshiligiga uchragach, 2014 yilning noyabr oyida ular Afg`onistonga o`tishadi.

2015 yilning oxirida B.M. “Islom davlati Xuroson viloyati” terroristik guruhi safiga qo`shilib, 2016-2018 yillarda guruh a`zolariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish bilan shug`ullanadi.

2019 yilning 3 aprel kuni B.M O`zbekistonga qaytarilgan va u sodir etgan qilmishlari atroflicha ko`rib chiqilgan. Sud uni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1