1

11 marta sudlangan ayol. U birinchi marta 17 yoshida qamalgan, yaqinda qamoqdan pensiyaga chiqadi

Jinoyat 19.11.2019, 12:26
11 marta sudlangan ayol. U birinchi marta 17 yoshida qamalgan, yaqinda qamoqdan pensiyaga chiqadi

Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan ayollar e`tiborsiz qoldirilgani, o`z vaqtida qonuniy ish bilan ta`minlanmagani oqibatida yana jinoyat ko`chasiga qayta kirib qolmoqda. Bu haqda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi birinchi o`rinbosari Zulayho Mahkamova aytib o`tdi, deya xabar bermoqda  Musulmonbek Ibrohimov.

Zulayho Mahkamova, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi birinchi o`rinbosari:

— O`tgan yillar mobaynida jazoni o`tab qaytganlarga etarlicha e`tibor berilmaganligi sababli, yana jinoyatga qo`l urgan ayollar bor. Zangiotadagi ayollar jazoni ijro etish muassasasidagi xotin-qizlar bilan muloqotda bo`lganimizda, ular orasida 3—4 marotabalab huquqbuzarlik sodir etganlar ham borligiga guvoh bo`ldik.

Masalan, jazoni ijro etish muassasasiga birinchi marta 17 yoshida tushib, takroran yana 11 marta jinoyatga qo`l urgan ayol bor. Shu ayol yaqinda pensiyaga chiqadi. Aytishicha, har safar ozodlikka chiqqanida, uni hech kim ishga joylashtirmagan va u yana noqonuniy ishga qo`l urgan.

O`sha mahkuma ayol bilan gaplashganimizda: "Endi ozodlikka chiqsam, menga ozgina er bering — mehnat qilib, Vatanim oldidagi aybimni yuvaman", dedi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1