Termiz shahar hokimligi 2019 yilning 25 oktyabr kuni “Mahalla” telekanalining “Reportyor” ko`rsatuvi orqali shahardagi chiqindixonalarda daydib yurgan itlarning tobora ko`payib borayotgani, bunga mutasaddi tashkilotlar befarq qarayotgani haqida e`lon qilingan tanqidiy lavha yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi...
Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi “Daydi hayvonlarni ushlash va yo`qotish” bo`limi tomonidan joriy yilning o`tgan 10 oyi mobaynida 672 ta qarovsiz daydi hayvonlarni tutish va yo`qotish ishlari olib borilgan. Hozirda shahar Davlat sanitariya epidemologiya nazorati markazi hamda mahalla fuqarolar yig`inlari bilan hamkorlikda qo`shimcha ishchi kuchlarini jalb qilgan holda daydi hayvonlarni ushlash va yo`qotish ishlarini jadallashtirish bilan bog`iq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Daydi hayvonlarni tezkorlik bilan ushlash maqsadida har bir mahallada mas`ul xodimlar tomonidan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o`tkazib kelinmoqda. Mahallalar hududida daydi hayvonlar kuzatilganda bo`limning +998997168102 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilish imkoniyati yaratildi.






