1989 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyani qabul qildi. Dastlab, Bola huquqlari bo`yicha xalqaro Konvensiya yaratish g`oyasi 1959 yil paydo bo`lgan.
Ushbu sanadan e`tiboran, bola huquqlari dunyoning qaysi mintaqasida buzilmasin, uni himoya qilish borasida xalqaro imkoniyat vujudga keldi. Konvensiya bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan birinchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi.
1989 yilda imzolangan Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin ratifikasiya qilgan eng birinchi xalqaro-huquqiy hujjatlardan hisoblanadi. 1992 yilda mazkur Konvensiyaga qo`shilib, O`zbekiston bola huquq va erkinliklarini ta`minlash bo`yicha bir qancha xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi.
Bola huquqlari to`g`risida konvensiya BMTning bolalikni muhofazalash bobidagi eng universal hujjati hisoblanadi. Unda mustahkamlab qo`yilgan bola huquq va manfaatlarining barcha qirralarini “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni qamrab olgan.
Mazkur Konvensiya bola hayoti bilan bog`liq 54-moddani o`z ichiga olgan.