AsosiyJamiyat

Endi avtotransport vositalari va undagi fuqarolar chegarada 30 daqiqadan ortiq qolib ketmaydi

'Endi avtotransport vositalari va undagi fuqarolar chegarada 30 daqiqadan ortiq qolib ketmaydi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o`tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Davlat chegarasi orqali o`tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo`lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o`tkaziladi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat nazorati organlari tomonidan o`tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o`tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nizomda o`tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo`lish vaqti aniq belgilandi.

Ya`ni, avtotransportning o`tkazish punktida bo`lish vaqti uning turi va o`tkazish punktining texnik holatiga qarab quyidagi muddatdan ortiq bo`lmasligi kerak:

* engil avtotransport vositalari – 15 daqiqa;

* yuk avtotransport vositalari – 30 daqiqa.

Bunda, avtotransportning har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan o`tkazilishi vaqti O`zbekistonga kirishda quyidagicha belgilangan:

* sanitariya-karantin nazorati (haydovchi sanitariya nazoratidan o`tkaziladi) – 3 daqiqa;

* chegara nazorati (Davlat chegarasini kesib o`tish huquqni beruvchi hujjatlar mavjudligi va pasport tekshiriladi) – 4 daqiqa;

* bojxona nazorati (haydovchi, tovarlar va avtotransport vositasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o`tkaziladi) – 15 daqiqa;

* fitosanitariya nazorati (olib o`tilayotgan tovar fitosanitariya nazorati ob`ekti bo`lsa, fitosanitariya nazoratidan o`tkaziladi) – 4 daqiqa;

* veterinariya nazorati (olib o`tilayotgan tovar veterinariya nazorati ob`ekti bo`lsa, veterinariya nazoratidan o`tkaziladi) – 4 daqiqa.

Nizomda, shuningdek, qaysi hollarda nazorat tartib-taomilidan o`tish vaqti belgilangan me`yorlardan ortiq bo`lishi mumkinligi ko`rsatilgan.

Jumladan, o`tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganida nazoratdan o`tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo`lishi mumkin

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar