1

Akasining pasporti bilan O`zbekistonga kirishga uringan tojikistonlik ushlab qolindi

Jinoyat 20.11.2019, 10:15
Akasining pasporti bilan O`zbekistonga kirishga uringan tojikistonlik ushlab qolindi

DXX Chegara qo`shinlarining xabar berishicha, fuqaro akasining pasporti bilan O`zbekistonga kirishga urindi. 

DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Sariosiyo avtoyo`l” o`tkazish punktida o`tkazilgan tekshiruvlar davomida mamlakatimizga noqonuniy yo`llar bilan kirmoqchi bo`lgan qonunbuzar faoliyatiga chek qo`yildi. Tojikistondan mamlakatimizga kirib kelayotgan 1983 yilda tug`ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Z.B.ning pasporti tekshirilganda pasportning aslida uning akasi 1976 yilda tug`ilgan Z.Z.ga tegishli ekanligi aniqlangan.

Eslatib o`tamiz kecha O`zbekistonga Britaniya pasporti bilan kirmoqchi bo`lgan afg`onistonlik ushlanganligi haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1